Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
2026-06-13 21:30:00 / Yangiliklar

Zarafshon shahrida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism Madaniyat markazida Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i tomonidan harbiy xizmatchilar bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, korrupsion holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta'minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari, xizmat burchini vijdonan bajarish hamda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga rioya etishning ahamiyati haqida ma'lumotlar yetkazildi.
Suhbat yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik talablariga qat'iy amal qilish va xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yuqori saviyada va ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.




