Jarayon
2026-06-08 15:00:00 / Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Zarafshon shahar bo'limi xodimlari tomonidan Zarafshon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida O'zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyati bo'yicha targ'ibot, tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlariga korrupsion harakatlarni sodir etmaslik va sodir etilgan korrupsion harakatlar oqibati haqida yetarlicha tushunchalar berildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlari tomonidan berilgan savollarga Departamentning Zarafshon shahar bo'limi xodimlari tomonidan to'liqqonli javob va tushunchalar berildi.







