Jarayon
2026-06-08 10:00:00 / Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Zarafshon shahar bo'limi xodimlari tomonidan Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida O'zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyati bo'yicha targ'ibot, tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida tibbiyot xodimlariga korrupsion harakatlarni sodir etmaslik va sodir etilgan korrupsion harakatlar oqibati haqida yetarlicha tushunchalar berildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan savollarga Departamentining Zarafshon shahar bo'limi xodimlari tomonidan to'liq javob va tushunchalar berildi.



