Jarayon
2026-05-25 18:50:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahrimizdagi 14-sonli maktabga tashrifi davomida maktab hududini ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda maktab hududini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Shahrimiz hokimi bu yerda gul va koʻchat ekib parvarish qilinayotganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, maktabda bitiruvchi sinf o'quvchilari tomonidan koʻchatlar ekilib tashkil etilgan "Bitiruvchilar bogʻi"ni ham koʻrdi. Bu bog'ni yaxshilab parvarishlab yanada chiroyli va ko'rkam bogʻ qilish lozimligini ta'kidladi.







