Jarayon
2026-05-25 18:00:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahrimizdagi 14-sonli maktabda boʻldi.

Tashrif davomida shahar hokimligi mablag'lari hisobidan Zarafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga 2026-2027-yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik uchun qariyb 500 million soʻmlik 11.5 tonna boʻyoq va 13 tonna emulsiya mahsulotlari topshirildi.
Jarayonda shahrimiz hokimi barcha ta'lim muassasalari ushbu mahsulotlardan samarali foydalanishi va maktab ta'miri uchun o'quvchilardan pul yig'ishga yoʻl qo'ymasligini lozimligini alohida ta’kidladi.







