Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi.
2026-05-14 15:20:00 / Yangiliklar

Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, masʼullar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda shahrimiz hokimi hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek yoshlarimizning kelajakda kasb tanlashlari, o'z yo'lini topish va yuqori natijalarga erishishlari uchun o'z hayot tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga shahar hokimi tomonidan batafsil javoblar olishdi. Shuningdek, so'zga chiqqanlar Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shahrimiz hokimining e'tiboridan mamnun ekanliklarini aytib o'tishdi.
Uchrashuv qizgʻin, samimiy va erkin muloqot tarzida oʻtdi.









