Jarayon
2026-04-30 19:15:00 / Yangiliklar
Bugun shahar hokimligi majlislar zalida Voyaga yetmaganlar boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishga Zarafshon shahri hokimi o'rinbosari, Voyaga yetmaganlar boʻyicha komissiya raisi o'rinbosari Laylo Tursunova raislik qildi.
Unda shahar umumta'lim maktablarida voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlarni uzluksiz ta'limga jalb qilish jarayonlari, shuningdek, Bolalar masalalari bo'yicha shahar komissiyasi ish rejasining bandlari ijrosini sifatli ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshriqlar berildi.









