PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-04-30 15:00:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan bugun Zarafshon shahar tibbiyot kollejida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Shoxmirzayev, “Ipoteka-bank” ATIB Zarafshon filiali hamda “Xalq banki” Zarafshon BXM rahbarlari qatnashdilar. Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Uchrashuv yakunida yoshlarimizning turli sohalarga oid taklif, tashabbuslarini tinglandi va qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi. Uchrashuvda o'z fikrlari va takliflari bilan faol qatnashgan yoshlarga shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Shoxmirzayev tomonidan esdalik sovg'a sifatida kitoblar taqdim etildi.









