SPORT
2026-04-30 08:25:00 / Yangiliklar
Bugun erta tongda Zarafshon shahar markaziy o‘yingohida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport tadbirlari — “Salomatlik uchun 5000 qadam” marafoni mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir shahar hokimligi, shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi, deputatlar, maʼnaviy va maʼrifat boʻlinmasi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, tibbiyot birlashmasi, sport maktabi xodimlari, mahalla yettiligi a'zolari va faol aholi vakillari ishtirokida tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
O‘zingiz uchun bir qadam tashlang – sog‘lom hayot sari 5000 qadam!
Bizlar bilan badantarbiya mashqlarini bajarishni istagan hamshaharlarimizni har payshanba va shanba kunlari tongi 7:00 da markaziy o‘yingohda kutamiz.









