Fuqarolarning murojaatlari diqqat markazida
2026-04-24 12:20:00 / Yangiliklar

24-aprel kuni Zarafshon shahri hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Laylo Tursunova Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik G.O‘sarova, Navoiy viloyati IIB JXX HPB katta inspektori kapitan O.Asadovalar bilan hamkorlikda Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning huquqiy sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Shuningdek, ba'zi masalalar boʻyicha fuqarolarga huquqiy masalalar berildi va tushuntirish ishlari olib borildi.









