TAQDIRLASH
2026-04-23 19:25:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar "Alpomish" sport majmuasida erkin kurash boʻyicha "Viloyat prokurori kubogi"ning tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda viloyat prokurori oʻrinbosari Ravshan Namozov, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar DXX rahbari Akmal Xaydarov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar IIB boshligʻi Sardor Latipov, shahar DSI boshligʻi Rashid Baxronov, faxriy prokurorlar, mutasaddilar, nuroniylar va sportchi yoshlar ishtirok etishdi.
Taqdirlash marosimida musobaqada faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan sportchilarga medal, diplom va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.









