ZARAFSHONDA OʻQUV SEMINARI BOSHLANDI
2026-04-22 08:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatida Oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari uchun oʻquv seminari boshlandi. Seminar Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, mutaxassislar hamda Zarafshon, Uchquduq, Konimex, Tomdi va Nurota tumanlaridan jami 80 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olingan.
Zarafshon shahrida start olgan 5 kunlik, 36 soatlik oʻquvlarda ishtirokchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar beriladi.
Oʻquv yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.









