BAXTLI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH!
2026-04-04 08:45:00 / Yangiliklar

Seminarda Zarafshon shahar hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi sudyasi A.Nasriyev, IIB boʻlimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori S.Boboqulova, Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi O.Zoyirov, FHDYO bo‘limi mudiri I.Mustafoyeva, "Nuroniy jamgarmasi" boshligʻi X.Ernafasov, "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi psixologi L.Narzullayeva, shahar bosh otinoyisi G.Ikromova, L.Mutaxarovalar ishtirok etishdi.
Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarimizga oila muqaddasligi, oila jamiyat tayanchi ekanligi, oila qo‘rg‘onida farovon yashash sirlari, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash, oila haqidagi dastlabki tasavvurlarni yanada boyitish, oila iqtisodi hamda oilada er va xotinning o‘rni kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Semir yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.









