Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov "Yujural-Oyl" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Zinnur Isxakov va kompaniya general direktori Albina Isxakovani qabul qildi.
2026-04-02 13:20:00 / Yangiliklar

Unda hokim oʻrinbosarlari va mutasaddilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Zarafshon shahrida yuk ko'tarish agregatlari va neft konlari uskunalarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko'rsatish sohasida kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Shahrimiz hokimi yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, Zarafshon shahar hokimligi shaharda faoliyat boshlash istagida boʻlgan kompaniya va investorlarga har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.



