Jarayon
2026-03-27 13:05:00 / Yangiliklar
Bugun Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov "Marvarid" ko'li hududida "Zar Vegas" mega loyihasi yuzasidan mutasaddilar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda mutasaddilar tomonidan loyihaning bajarilish jarayoni va olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Shahrimiz hokimi mas'ullarga ishlarni jadallashtirish va buning uchun barcha zarur resurslarni jalb etish bo'yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan ham muloqot olib borildi. Bunda tadbirkorlarning mavjud muammolari va ularni hal etish bo'yicha taklif-mulohazalari tinglandi. N.Rahmanov ushbu loyihani amalga oshirishda tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilishini yana bir bor ta'kidladi.






