Yashil makon
2026-03-26 20:15:00 / Yangiliklar
Bugun Zarafshon shahar hokimligi majlislar zalida "Yashil makon" umummilliy loyihasini sifatli o'tkazish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unga Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov raislik qildi.
Yig'ilishda "Yashil makon" umummilliy loyihasini tashkil etishda kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan korxona va tashkilotlar tanqid qilindi. Shahrimiz hokimi tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Nazirbek Rahmanov bu loyiha eng avvalo o'zimiz va shahrimiz aholisi uchun foydali ekanligi, loyiha orqali shahrimiz ekologiyasini yaxshilashga barcha mas'ul ekanligini alohida ta'kidladi.









