Jarayon
2026-03-26 17:30:00 / Yangiliklar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo'rayev boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif manzili shahrimizdagi "Mazzona" qandolat fabrikasi bo'ldi.

Jarayonda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov hamrohlik qildi. Fabrika rahbari tomonidan bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma'lumot berildi.
Tashrif davomida ishchi guruh pishiriqlarni tayyorlash, shuningdek, fabrikaning yerto'la qismida qo'ziqorinning "Shampinion" turini yetishtirilishi jarayonlari bilan tanishdi. Marat Jo'rayev "Mazzona" brendining boshqa hududlarda ham filialini tashkil etish lozimligiga urg'u berdi.







