Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi.
2026-03-26 16:30:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan bugun Zarafshon shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.

Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, masʼullar va yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda shahrimiz hokimi yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Uchrashuvning ikkinchi qismi hokim va yoshlar oʻrtasida erkin muloqot tarzida oʻtdi. Unda yoshlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shahrimiz hokimi mazkur takliflar atroflicha oʻrganib chiqilishini maʼlum qildi.







