PREZIDENT OLIMPIADASI
2026-03-24 11:15:00 / Yangiliklar
Bugun 11-maktab sport zalida “Yangi O‘zbekiston Olimpia cho‘qqilari” musobaqalar tizimiga kiruvchi "Prezident Olimpiadasi"ning shahar bosqichi "Zarafshon shahar hokimi olimpiadasi" ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda shahrimiz hokimi Nazirbek Rahmanov, mutasaddilar, sportchi yoshlar va fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbirda shahrimiz hokimi soʻzga chiqib Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan ushbu musobaqa ochilishi bilan barchani tabriklab, sportchilarga omad tiladi. Shuningdek, Zarafshon shahrida sportni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham soʻz yuritdi.
Shundan soʻng shahar hokimi musobaqaga rasman start berdi va musobaqaning dastlabki, dzyudo bahslari boshlandi.









