Sessiya
2026-03-17 11:25:00 / Yangiliklar

Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona-tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Ushbu sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Xusniddin Ernafasov raislik qildi. Sessiya kun tartibida 5 ta asosiy va 3 ta qoʻshimcha masalalar koʻrib chiqildi. Bular:
1. Shahar hokimining 2026-yilda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha rejasi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlari to‘g‘risida.
2. Zarafshon shahardagi “Navro‘z” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla toifasiga o‘tkazish hamda zarur infratuzilmani yaratish uchun mahalliy budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha manzilli dastur to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-49-son Qarori ijrosi to‘g‘risida
4. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini o‘rganish hamda natijalarini komissiya yig‘ilishida muhokama qilish.
5. Shaharda hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan mavjud normativ huquqiy hujjatlar ijrosi holatini o‘rganish va natijalari to‘g‘risida.
6.Boshqa masalalar
Shuningdek, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.







