Korrupsiya holatlarining oldini olish barchaning burchi!
2026-02-27 17:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Byuro organlari tizimida xodimlar o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlar va korrupsiya illatiga qarshi kurashish, xodimlar kasbiy malakasini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha tuman-shahar bo‘limlarida xizmat o‘tab kelayotgan barcha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.
Byuro organlari xodimlari Axloq kodeksi qoidalari talablariga qat’iy rioya etishi, ular tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish, mehnat va ijro intizomi rioya etish, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi xodimi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.


