UCHRASHUV
2026-02-02 17:30:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi 2-kotibi Anna Ballog xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida Anna Ballog xonimga shahrimiz tarixi va buguni, shuningdek, taʼlim, tibbiyot, iqtisod, sanoat va turizm sohalarini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.
Shahrimiz hokimi tashrif buyurganlarga Zarafshon shahrining investitsion salohiyati, oʻsish nuqtalari va "Marvarid koʻli" loyihasi haqida ham maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga Nazirbek Rahmanov qurilish materiallari ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar muloqotni davom ettirish va hamkorlikda zarafshonliklar uchun manfaatli boʻlgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Yakunda Anna Ballog xonimga oʻzbek milliy libosi va Zarafshon shahrining 60 yilligiga bagʻishlangan kitob xadya qilindi.





