Ochilish
2026-01-21 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun shahrimizning Yoshlik mahallasida "Proform" xususiy sport majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, mutasaddilar, nuroniylar va sportchilar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida shahrimiz hokimi soʻzga chiqib, hozirda yurtimizda sportni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Shunday imkoniyatlardan foydalanib oʻz faoliyatini boshlayotgan tadbirkor Bekzod Shodiyevga omad tiladi. Shundan soʻng sportchilarning mashgʻulot jarayoni va majmuada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Maʼlumot uchun, sport majmuasi qariyb 1.5 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga oʻz faoliyatini boshladi. Mazkur majmuada 50 turdagi zamonaviy sport anjomlari mavjud boʻlib, bodibilding, aralash jang sanʼati (MMA), erkin kurash va grepling sport turlari bilan shugʻullanish mumkin. Bu yerda 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.









