PREZIDENT ARCHASI
2025-12-25 15:40:00 / Yangiliklar

Bolajonlarning sevimli bayrami Yangil yilni sovg‘asiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, u yurt rahbaridan bo‘lsa, yana ham quvonchli.
Bugun Zarafshon shahrida "Prezident archasi" bayrami "Umid" reabilitasiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim tashkilotida ham bo'lib o'tdi.
Bayramda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori ishtirok etishdi.
Shahrimiz hokimi soʻzga chiqib bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
Shundan soʻng bolajonlarga Yurtboshimizning mehr-muhabbati ramzi bo'lgan "Prezident sovgʻasi" topshirildi.
Iqtidorli bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bayramga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.





