PREZIDENT ARCHASI
2025-12-25 14:35:00 / Yangiliklar

Bolajonlarning sevimli bayrami Yangil yilni sovg‘asiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, u yurt rahbaridan bo‘lsa, yana ham quvonchli.
Bugun Zarafshon shahrida "Prezident archasi"ni bayrami boʻlib oʻtdi.
Unda zarafshonlik, uchquduq va tomdilik bolajonlarga "Prezident sovgʻasi" tantanali ravishda topshirildi.
Bayramda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori, IIB boshligʻi, DSI boshligʻi, Uchquduq va Tomdi tumanlari mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi.
Shahrimiz hokimi soʻzga chiqib barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va omad tiladi. N.Rahmanov oʻz nutqida ushbu sovgʻalar Prezidentimizning bolajonlarga otalarcha mehrining bir na'munasi ekanligini, yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz hamisha davlatimiz eʼtiborida boʻlishini aytib oʻtdi.
Marosimda bolajonlar uchun tayyorlangan bayram teatr tomoshasi namoyish etildi. Shundan soʻng bolajonlar bayram dasturxoni atrofida jam boʻlishdi. Bazmda qiziqarli oʻyinlar savol javoblar oʻtkazildi va yangragan shoʻx kuy-qoʻshiqlarga ishtirokchilar raqslarga tushishdi.









