Zarafshon shahri hokimligida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Zarafshon shahar komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
2025-12-25 12:50:00 / Majlislar

Unga Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov raislik qildi. Yig'ilishda shahar DXX boshlig'i, DSI boshligʻi, hokim oʻrinbosarlari, mutasaddi idoralar vakillari va mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda shahrimizda yoshlar masalalari boʻyicha oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Yoshlar bandligini ta'minlashda qoʻyilayotgan kamchiliklar aytib oʻtildi. Shuningdek, xatlov natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.









