Zarafshon shahri hokimligida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Zarafshon shahar komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
2025-12-18 08:00:00 / Yangiliklar

Unga Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov raislik qildi. Yig'ilishda shahar DXX boshlig'i, IIB boshligʻi, DSI boshligʻi, hokim oʻrinbosarlari, mutasaddi idoralar vakillari va mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda shahrimizda yoshlar masalalari boʻyicha oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Yoshlar bandligini ta'minlash, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning muammolarini hal etishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar aytib oʻtildi. Shuningdek, xatlov natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha barcha mutassaddilarga koʻrsatmalar berildi.









