Bugun Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov tadbirkorlar bilan uchrashish, ular bilan suhbatlashib mavjuda taklif va muammolarini oʻrganish maqsadida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "OLTIN-VODIY-TOMDI" MChJda boʻldi.
2025-12-23 14:30:00 / Yangiliklar

Shahrimiz hokimi tashrif davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularning sifatini koʻzdan kechirdi. Korxonani rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish boʻyicha rejalarni tingladi.
N.Rahmanov korxona rahbari bilan suhbatlashib mavjud muammolarni oʻrgandi, xususan, tadbirkor tomonidan faoliyatni kengaytirish maqsadida kredit olish istagi bildirildi. Shuningdek, elektr taʼminoti borasida boʻyicha ham murojaat qildi. Shahrimiz hokimi ushbu masalalarni hal etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.







