IIB BOSHLIG‘I KUBOGI
2025-12-13 20:50:00 / Yangiliklar

Bugun Zarafshon shahridagi umumta'lim maktablari 8-9- sinf o'quvchi qizlari o'rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi
Shahardagi maktab o‘quvchi qizlari jamoalari ishtirok etgan bellashuv yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇3-maktab jamoasi
🥈12-maktab jamoasi
🥉10-maktab jamoalariga nasib etdi.
Gʻolib jamoalarga esdalik sovg‘alari, diplom va kuboklar topshirildi








