Zafarobod tumani IIB boshlig‘i Musurmonov Bahrom Amirqulovichning MUROJAATNOMASI
2025-10-07 17:40:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Yurtimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi ichki ishlar organlarida ham so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarning bosh maqsadi — xalqni rozi qilish, fuqarolarga yanada yaqin turib xizmat ko‘rsatishdan iboratdir.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan qator qaror va farmonlarning qabul qilinishi mazkur masalaning naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bugun jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda.
Xususan, Zafarobod tumanida joriy yilning 9 oyi davomida hayvon o‘g‘riliklar 100 foizga, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan YTH va o‘rtacha tan jarohati yetkazish,, voyaga yetmaganlar, mast holda va ishsizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar jshib ketgan.
Biroq, bu natijalarga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, internet orqali firibgarlik qilish holatlari kuzatilmoqda. Tumanimizda 15 ta kiberjinoyat aniqlangan bo‘lib, ularning 7 tasi o‘g‘irlik, 8 tasi firibgarlik bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, 9 oy davomida o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-transport hodisalari 50 foizga oshgan.
Hurmatli tuman aholisi!
Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Shu bois, mahallalar faollari, yoshlar va nuroniylar, shuningdek, mehnat jamoalaridagi jonkuyar fuqarolarimiz bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz va tayanamiz.
Agar har birimiz tumanimizni jinoyat va korrupsiyadan xoli, tinch va xavfsiz maskanga aylantirishga o‘z hissamizni qo‘shsak, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak — ko‘zlagan maqsadimizga albatta erishamiz.
Keling, qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyatni barpo etishda birlashaylik!
Zafarobod tumani IIB boshlig‘i Musurmonov Bahrom Amirqulovich
