Qadrli otaxon va onaxonlar ! Aziz yoshlar ! Hurmatli Zafarobod tumani aholisi!
2025-10-03 17:55:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholining muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, barcha idora va tashkilotlar hamda xalqimiz bilan birgalikda hamma sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar natijasida tumanimizda o‘tgan 9 oy davomida qotillik, nomusga tegish, og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik jinoyatlari sodir etilishining oldi olindi.
Biroq, yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol-mulkini egallashga urinishmoqda.
Ayniqsa, internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolarga har xir turdagi ta’sir o‘tkazish orqali hisob raqamlaridagi
pul mablag‘larini egallash holatlari ko‘plab uchramoqda.
O‘tgan davrda, tumanimizda jami 40 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, 10 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar shulardan, 2 ta o‘g‘rilik (169-modda), 1 ta firibgarlik (168-modda), 4 ta yo‘l –transport hodisasi sodir etilgan, 1 tasi aliment, 2 tasi tan-jarohati yetkazish, bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isboti.
Shuningdek, o‘tgan davrda nazoratsizlik hamda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagani oqibatida 3 nafar yoshlar, tomonidan jinoyat sodir etilganligi tashvishli holdir.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli mol – mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat.
Buning oqibatini tumanda 2 ta o‘g‘rilik jinoyatlari qayd etilganidan ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, yo‘llarda avtomashinalar soni kundan - kunga ortib, haydovchilarning mas’uliyatini oshirmoqda.
Biroq, ayrim haydovchilar yo‘l belgilari, yo‘l qoidalariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirgani
yoki haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqarolarga avtomashinani boshqarishga noqonuniy ruxsat bergani natijasida, jami 4 ta
yo‘l –transport hodisasi sodir etildi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Tumanimizda mas’ul idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda quyidagi yangi tadbirlarni amalga
oshirish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilmoqchiman.
Jumladan, jinoyatlarning oldini olish, tumanda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
“Zafarobod tuman mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkil etish bo‘yicha viloyat darajasidagi manzilli chora-tadbirlarning yo‘l xaritasi” bo‘yicha 3-chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan 12 ta maqsadli ko‘rsatkichlarning 100 foizi (reja 340, amalda – 340) bajarilgan.
Jumladan:
1-maqsadli ko‘rsatkich asosida mahallalardagi aholi gavjum joylar va ko‘chalarga 30 ta videokuzatuv o‘rnatilgan bo‘lib, 100 foizga bajarilgan.
Bugungi kunda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarini dalolatnoma asosida “Xavfsiz shahar” hududiy bo‘limiga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
2-maqsadli ko‘rsatkich asosida mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning hovlilariga 1 ta PTZ-kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, 100 foizga bajarilgan.
3-maqsadli ko‘rsatkich asosida mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi 10 ta kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, 100,0 foizga bajarilgan.
4-maqsadli ko‘rsatkich asosida savdo markazlari va bozorlarga yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi 6 ta kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, 100 foizga bajarilgan.
5-maqsadli ko‘rsatkich asosida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining kirish-chiqish joylariga 1 ta PTZ-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy reja 100 foizga bajarilgan.
6-maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha mahallalardagi maktablarning ochiq sport maydonlariga 1 ta PTZ-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy reja 100 foizga bajarilgan.
7-maqsadli ko‘rsatkich asosida mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 15 ta zamonaviy domofon komplekslari o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy reja 100 foizga bajarilgan.
8-maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi 180 ta xonadonlarning qo‘riqlash xizmati tomonidan texnik qo‘riqloviga olinishi ta’minlandi.
9-maqsadli ko‘rsatkich asosida mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga 2 ta tashvish tugmalari o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy reja 100 foizga bajarilgan.
10-maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha mahallalardagi 10 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining Qo‘riqlash xizmati tomonidan texnik qo‘riqloviga olinishi ta’minlangan hamda umumiy reja
100 foizga bajarilgan.
11-12-maqsadli ko‘rsatkichlar asosida tumandagi 24 ta ko‘chada “namunaviy xavfsiz ko‘cha”, 60 tasida “namunaviy xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi.
Natijada, mazkur tadbirlar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha shaxslarni tezkorlik bilan izlab topish hamda jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarnibelgilash, kunlik so‘rov va nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birgalikda, tergov sifati yanada oshiriladi, bu jarayonlarda inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qaysi idorada bo‘lmasin, har bir tekshiruv hamda tergov ishi prokurorlarning kundalik va qat’iy nazoratida bo‘ladi.
Bundan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat va nodavlat tuzilmalari, hokimliklar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz, jamiyatning barcha qatlamlari salohiyatini birlashtirish yo‘lidan boramiz.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishning barcha choralarini ko‘ramiz.
Aziz Zafarobodliklar !
Albatta, tumanimizda jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni ta’minlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
Agarda har bir fuqaro tumanimizni jinoyatdan, korrupsiyadan holi, tinchva xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, birgalikda kurashsak ko‘zlangan maqsadga albatta erishamiz.
Qadrli tumanimiz aholisi !
Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz xushyorlikni oshirishimiz, shubhali internet ilovalariga kirmaslik, notanish shaxslarga hisob raqamlar vatasdiqlash kodlarini bermaslik, mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi haqida yana birbor ogohlantirib o‘tmoqchiman.
Qonunlarga qat’iy rioya etish, o‘zgalar huquqi, sha’ni va qadr qimmatini, mol - mulki daxlsizligini hurmat qilish, oila mustahkamligini ta’minlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya qilish, ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini ham doimo yodda tutishimiz zarur.
Aziz yurtdoshlar, keling, barchamiz shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik !
Xusniddin Bektemirov
Zafarobod tuman prokurori
