BO‘STON MAHALLASIDA “YASHIL BOG‘” BARPO ETILMOQDA
2026-11-18 18:30:00 / Yangiliklar

Zafarobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tumanning Bo‘ston mahallasida “Yashil bog‘” barpo etish, ushbu hududda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va kelgusida aholi uchun go‘zal hamda so‘lim maskan yaratish maqsadida seminar tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi jamoasi, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda mahalla faollari va ekologik partiyasi ishtirok etdi.
Seminar davomida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, ekiladigan daraxt ko‘chatlarini to‘g‘ri joylashtirish, ularni parvarishlash va sug‘orish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yashil hududlarni ko‘paytirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida fikr almashildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan hududga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali Bo‘ston mahallasida o‘ziga xos yashil bog‘ barpo etish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda kelajak avlod uchun yanada obod va ko‘rkam muhit yaratish ko‘zda tutilgan.
Yashil makon — musaffo havo, sog‘lom hayot va farovon kelajak garovidir!
