Zafarobod tumanining Yorqin mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2026-11-13 10:55:00 / Yangiliklar

Zafarobod tumani Yorqin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari J. Sattarov, tuman prokurori X. Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i E. Axmedov hamda tuman Xalq qabulhonasi mudir o‘rinbosari A. Abirqulov ishtirokida mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlashdan iborat.
