FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR JOYIDA KO‘RIB CHIQILDI
2026-09-25 19:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Zafarobod tumani Uzun mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari J. Sattarov tomonidan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Fuqarolarning har bir murojaati mas’ullar tomonidan tinglanib, muammolarni imkon qadar joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Sayyor qabul davomida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etish orqali fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
