Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi va oʻrinbosarlarining Qabul kunlari
2026-08-12 12:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi hamda uning o‘rinbosarlarining fuqarolar qabuli kunlari jadvali tasdiqlandi.
Mazkur jadval aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tasdiqlangan jadvalga asosan har haftaning payshanba kuni soat 09-00 dan 12-00 ga qadar Zafarobod tuman hokimining- yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari qabuli belgilangan.
Sizlarni Zafarobod tuman hokimining- yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va uning yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan idora tashkilotlarga aloqador muammo va takliflaringiz bo‘lsa qabulga kelib murojaat qilishlaringiz mumkin.
