ZAFAROBOD TUMANIDA NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI
2026-08-12 12:55:00 / Yangiliklar

2026-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tuman Xalq qabulxonasida Zafarobod tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari– iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Sanaqulovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassalar rahbarlari ham ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish chora-tadbirlari izlandi.
Qabulda aholi tomonidan ish bilan ta’minlash, elektr energiya ta’minotini yaxshilash, davolanishda ko‘maklashish, moddiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabulda ishtirok etgan tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
