YOSHLAR VA SPORTGA YUKSAK EʼTIBOR
2026-05-20 10:55:00 / Yangiliklar

Bugun “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov tuman sport maktabida tahsil olayotgan yosh sportchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va maʼnaviy barkamolligini taʼminlash, ayniqsa milliy sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Tuman hokimi sport sohasida yutuqlarga erishayotgan yoshlarning muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi.
Tadbirda sportning milliy kurash turi boʻyicha viloyat, respublika hamda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgan yosh sportchilar alohida eʼtirof etildi. Faol va iqtidorli sportchilar tuman hokimi tomonidan diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
