ZAFAROBOD TUMANIDA NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI
2026-06-27 13:55:00 / Yangiliklar

2026-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tuman Xalq qabulxonasida Zafarobod tuman hokimligi masu'llari va tuman IIB boshlig'i bilan birgalikda navbatdagi qabul bo'lib o'tdi.
Qabul davomida tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassalar rahbarlari ham ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish chora-tadbirlari izlandi.
Qabulda aholi tomonidan ish bilan ta'minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiya ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishda ko‘maklashish, soliq qarzdorligi va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabulda ishtirok etgan tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
