YOSHLARNI YOT G‘OYALARDAN ASRASH — JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHISH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MASALASI
2026-03-30 17:35:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda dunyoda yoshlarning ongi va qalbi uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Turli yot g‘oyalar, noto‘g‘ri axborotlar va ma’naviy bo‘shliq yoshlarni adashtirishi mumkin. Shu sababli “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori bugungi kunning eng muhim g‘oyalaridan biriga aylangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasiga doimo alohida e’tibor qaratib keladi. U yoshlar bilan uchrashuvlardan birida shunday degan edi: “Tinchlik va taraqqiyot ko‘p sonli bilimli, keng dunyoqarashli, zamonaviy fikrlaydigan yoshlar bor mamlakatda mustahkam bo‘ladi.”
Bu so‘zlarning o‘zida ham katta ma’no bor. Demak, yoshlarni yot g‘oyalardan asrashning eng kuchli yo‘li — ularni bilimli, ma’naviy yetuk va mustahkam dunyoqarashga ega qilib tarbiyalashdir.
Prezidentimiz yana bir nutqida yoshlarning tarbiyasi davlat oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidlab: “Yosh avlodga sifatli ta’lim va to‘g‘ri tarbiya berish davlatning eng muhim vazifasi va burchiga aylandi,” deb aytgan edi.
Bu fikr shuni anglatadiki, yoshlarni himoya qilish faqat ota-onaning emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Ota-ona, ustoz, mahalla va jamiyat birgalikda harakat qilsa, har qanday zararli g‘oyaga qarshi kuchli ma’naviy qalqon yaratiladi.
Yot g‘oyalar, avvalo, yoshlarning ongiga befarqlik, ma’naviy bo‘shliq va noto‘g‘ri tushunchalar orqali kirib boradi. Agar yoshda bilim, mustahkam dunyoqarash va milliy qadriyatlarga hurmat bo‘lsa, u har qanday zararli g‘oyaga qarshi tura oladi. Demak, yoshlarni asrashning eng kuchli yo‘li — bu ta’lim, tarbiya va ma’rifatdir.
Ota-ona, ustoz va jamiyatning vazifasi — yoshlarni faqat bilimli emas, balki fikrlay oladigan, vatanparvar va ma’naviy yetuk shaxs qilib tarbiyalashdir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi rahbari, Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati Isroilova Hurriyat Axrororvna
