Shaharsozlik renovatsiyasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
2026-06-11 09:00:00 / E'lon
❗️ Shaharsozlik renovatsiyasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1149-son, 10.06.2026-y.) qabul qilindi.
🔰 Qonunga ko‘ra, shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
🔹 shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib, avariya holatiga kelib qolganligi;
🔹 hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlarning mavjudligi.
📁 Shaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:
🔸 mavjud obyektni asosiy konstruksiyasini o‘zgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
🔸 mavjud obyektni buzish va bo‘shagan yer uchastkasida buzilgan obyekt toifasidagi yangi obyektni qurish;
🔸 yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.
📜 Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha taklif quyidagi subyektlar tashabbusiga ko‘ra kiritilishi mumkin:
▫️ davlat tashabbusiga ko‘ra;
▫️ huquq egalarining tashabbusiga ko‘ra;
▫️ uchinchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra.
🏛 Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

