E’LON!
2026-07-16 20:05:00 / E'lon

DIQQAT, E’LON!
Hurmatli Yuqori Chirchiq tumani aholisi!
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahri”ni barpo etish direksiyasining 2026-yil 16-iyuldagi 03-1244-sonli murojaatiga asosan, Yangi Toshkent shahri hududida muhandislik kommunikatsiyalari sohil bo‘yi kanali qurilishi hamda D-530 mm yuqori bosimli yer osti tabiiy gaz quvurining himoya mintaqasida betonlash ishlarini xavfsiz tashkil etish maqsadida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 18-iyul kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yashnobod, Bahor, TG Xvan, Nurafshon, Mirobod, Fayzobod, Jaloltepa, Guliston, Navoiy, Jumabozor, Nurli yo‘l, A.Yassaviy va Saxovat mahallalari.
Qurilish ishlari yakunlangach, 2026-yil 18-iyul kuni soat 17:00 dan boshlab tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Mazkur vaqtinchalik uzilish 6 551 ta aholi xonadonlari, 35 ta ulgurji iste’molchi hamda 24 ta byudjet tashkilotiga taalluqli hisoblanadi.
Yuqori Chirchiq tuman hokimligi aholidan ushbu vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raydi hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarga tushuncha bilan yondashishingizni so‘raydi.
