Rasmiy munosabat
2026-10-10 22:05:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani, Markaz-5 mavzesidagi piyodalar yo‘lagida yo‘l qoplamasi ta’mirtalab holatga kelgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga asosan, murojaatda ko‘rsatilgan Markaz-5 mavzesidagi mazkur hududda zamonaviy “Turizm ko‘chasi”ni tashkil etish belgilangan.
Loyiha doirasida hudud infratuzilmasini tubdan yangilash, piyodalar yo‘laklarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish hamda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini 2027–2028-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.
