YUNUSOBOD TUMANIDA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-08 15:05:00 / Yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANIDA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Mazkur tashabbus doirasida Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyev tumandagi “Tashkent International University” (TIU) oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida tuman rahbari talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, oliygohning iqtidorli va tashabbuskor talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Unda yoshlarning ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy loyihalarni ilgari surishga qaratilgan takliflari tinglandi. Tuman hokimi yoshlarning kasbiy kamoloti hamda tumandagi islohotlarda faol ishtirok etishi yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.
🎓 Uchrashuv davomida ko‘tarilgan murojaat va masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha soha mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.









