Rasmiy munosabat
2026-09-13 20:30:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oqtepa” mahallasi hududidagi “Mirhojiyev” va “Oltintepa” avtobus bekatlarining ta’mirtalab holatga kelib qolgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Mazkur holat tuman mutasaddilari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, mas’ullar joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Hozirgi vaqtda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida ushbu bekatlarni ta’mirlash, tartibga keltirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Jarayon yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
