Rasmiy munosabat
2026-09-14 10:50:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 15-mavzesidagi avtobus bekatida yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar mavjud emasligi bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Mazkur holat tuman mutasaddilari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, mas’ul xodimlar joyiga chiqqan holda vaziyatni o‘rgandi.
Hozirgi vaqtda jamoat transportidan foydalanuvchi fuqarolarimiz, ayniqsa keksalar va bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bekatga yangi o‘rindiqlar o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Muammo qisqa fursatda to‘liq bartaraf etiladi.
Aholimizga tuman infratuzilmasidagi kamchiliklarga befarq bo‘lmaganliklari va yo‘llagan murojaatlari uchun minnatdorlik bildiramiz.
