RASMIY MUNOSABAT
2026-09-14 10:00:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 4-mavzesidagi 140-sonli avtobus bekati yaqinida ochiq qolgan xavfli quduq (lyuk) aks etgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Mazkur holat tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan zudlik bilan nazoratga olindi. Mas’ul xodimlar zudlik bilan voqea joyiga chiqib, mavjud holatni to‘liq o‘rgandilar.
Hozirgi vaqtda fuqarolar, ayniqsa piyodalar va bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ochiq qolgan quduqni qisqa muddatda bartaraf etish hamda qopqog‘ini qayta o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
Jarayon yakuni yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. Shahrimiz obodligi va xavfsizligiga befarq bo‘lmagan faol fuqarolarimizga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
