2023-yil sarhisobi va ustuvor vazifalar to‘g‘risida BRIFING
2024-04-01 11:00:00 / Matbuot anjumanlari
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
I. Joriy yil yanvar-mart oylarida 9 452 ta mahallada 8,3 million nafar “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning qiziqishi, qobiliyati va takliflarini amalga oshirishga qaratilgan “Yoshlar ombor kitobi” ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: “Yoshlar balansi”da “qizil” toifadagi yoshlar – 123 281 nafar (1,5 %), “sariq” – 3 097 787 nafar (37,5 %), “yashil” – 5 152 237 nafarni (62,5 %) tashkil etmoqda.
“Yoshlar balansi” asosida 123 ming 281 nafar alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi qarori bilan davlat idoralarining 8 ming 339 nafar rahbarlariga nomma-nom biriktirildi.
Bunda, mazkur rahbarlar har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishi, bandligini ta’minlash va salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashadi.
Shuningdek, mudofaa organlari tomonidan 4 mln yoshlar otaliqqa olinib, ularga 18 ming 105 nafar xodim biriktirildi hamda 1 ming 372nafar
Ma’lumot uchun: 4 429 nafar mudofaa, 1 231 nafar prokuratura, 1 097 nafar favqulodda vaziyatlar, 5 468 nafar ichki ishlar, 3 740 nafar milliy gvardiya va 2 140 nafar adliya organlari xodimlarini tashkil etadi.
Otaliqqa olingan 2,9 mln nafar yoshlar bilan “xonadonbay”, 230 ming nafari bilan “onlayn” suhbatlar o‘tkazilib, aniqlangan 179 ming 813 ta (5,8 foiz) muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.
Shundan, bugungi kunga qadar 22 ming 109 ta (12 foiz) ijtimoiy va maishiy muammolari hal etildi.
Ma’lumot uchun: ularning 2 ming 986 nafari mehnat yarmarkalari orqali bandligi ta’minlandi, 2 ming 78 nafari kasb-hunarga o‘qitishga jalb etildi, 639 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, 242 nafariga subsidiya va 639 nafariga kreditlar ajratildi, shuningdek 14 ming 557 nafarining boshqa muammolari hal qilindi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha hududlarda 56 mingta tadbirlar o‘tkazilib, 2 mln nafar yoshlar jalb etildi.
Ma’lumot uchun: 15 415 ta ma’naviy-ma’rifiy, 8 882 ta sport, 5 765 ta vatanparvarlik, 1 916 ta harbiy, 4 329 ta madaniy va 15 538 ta boshqa tadbirlar.
Ularning huquqiy savodxonligi va qonunga itoatkorlik hissini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar orqali 1,8 mln nafar yosh qamrab olindi.
Ma’lumot uchun: 23 424 ta huquqiy-targ‘ibot kunlari doirasida, 3 862 ta tanlov, 1 454 ta sayyor sud majlisi, 6 156 ta ko‘rgazmali targ‘ibot tadbiri, 8 112 ta maxsus huquqiy profilaktik, 14 210 ta boshqa tadbirlar.
Tarbiyasi og‘ir 69 ming yoshlar bilan alohida ishlash bo‘yicha maxsus qo‘llanma ishlab chiqilib, oliy harbiy ta’lim muassasalari tomonidan ularni kasb-hunar va chet tiliga o‘rgatish, sog‘lom hayotga qaytarish va bandligini ta’minlash bo‘yicha sayyor o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimini onlayn rejimda monitoring qilib borish va samaradorligini baholashga qaratilgan “yoshlar.ijro.uz” yagona elektron platformasi ishga tushirildi.
Ikkinchi, “Yoshlar daftari” orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetdi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.
Joriy yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 8 ming 563 nafar yoshlarga 34,1 mlrd so‘mlik ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatildi. Xususan:
- band bo‘lmagan 972 nafar yoshlar ilm-fan, zamonaviy kasblar
va haydovchilikka o‘qitilib, 1,3 mlrd so‘m o‘quv xarajatlari to‘lab berildi; - ishsiz bo‘lgan 992 nafar yoshlarga 4,9 mlrd so‘mlik mehnat qurollari ajratilib, mahallaning o‘zida bandligi ta’minlandi;
Misol uchun, subsidiya asosida mehnat qurollaridan foydalanayotgan yoshlar oyiga 2-5 mln so‘m daromad topmoqda.
- oliygohlarda tahsil olayotgan 3 ming 505 nafar talabaga 17,5 mlrd so‘mlik kontraktlar mablag‘lari qoplab berildi;
- 1 ming 58 nafar nogiron va bemor yoshlarga 8,4 mlrd so‘mlik davolanish xarajatlari to‘lab berildi;
- uyushmagan yoshlarning 134 nafari safarbarlik chaqiruvi rezerviga jalb qilinib harbiy xizmat badali to‘liq to‘lab berildi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj 460 nafar yoshlar dehqonchilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, musobaqalarda ishtirok etish xarajatlari uchun 1,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
Uchinchi, “Yoshlar balansi” asosida joriy yilda 814 ming nafar yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Ularning:
- 200 ming nafari oilaviy tadbirkorlik dasturlariga jalb qilinib, 4 trln so‘m imtiyozli kredit ajratiladi (umumiy kreditning kamida 40 foizi);
- 117 ming yoshlar mavjud va yangi tashkil etiladigan loyihalar orqali doimiy ish o‘rinlariga joylashtiriladi;
- 497 ming yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, subsidiyalar ajratish, norasmiy sektordan chiqarish orqali o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashiladi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun har bir mahalla kesimida “fuqarobay” “Yoshlar bandligi dasturlari” ishlab chiqildi.
Shuningdek, 60,5 ming gektar yer maydonini ochiq tanlovga qo‘yish va “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi 155 ming nafar yoshlarga yer ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Bunda, mahalla faollari nazorati ostida yoshlar uchun unumdor, hosildorligi va sug‘orishga qulayligiga qarab manzilli lokatsiyasi, gektari
va konturlari bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirildi.
Bugungi kunga qadar “mahalla yettiligi” tomonidan yer maydoni olish maqsadida auksionda ishtirok etish uchun 155 ming nafar yoshga ijobiy tavsiya berilgan. Shundan, 57,5 ming gektar yer maydonlari (13 847 ta konturda)
ochiq tanlovga qo‘yildi.
Shu bilan birga, yoshlarni bu sohadagi bilimlarini mustahkamlash uchun Fermerlar Kengashi, “Agrobank” va Oliygoh o‘qituvchilarini jalb qilib 3 kunlik maxsus o‘quv dastur asosida o‘qitish choralari ko‘rilmoqda.
Yer olgan, lekin urug‘lik olishga imkoniyati cheklangan yoshlarimiz uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 2,5 mln so‘m miqdorida urug‘lik yoki ko‘chat sotib olish uchun subsidiya ajratiladi.
To‘rtinchi, yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali yuqori daromadli faoliyatga jalb etish bo‘yicha quyidagi choralar ko‘rilmoqda.
Joriy yil boshidan xorijiy til, zamonaviy kasb va Aytiga o‘qitish maqsadida hududlardagi 100 ta xususiy o‘quv markazlari orqali 1 ming 500 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda
33 ta tibbiyot texnikumida 818 nafar hamshira qizlar uchun bepul nemis tili kursi tashkil etildi. Bugungi kunda 64 nafar “V1”, 173 nafar “A2”, 581 nafar “A1” darajada nemis tilini o‘zlashtirishiga erishildi.
Shuningdek, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 mln 13 ming nafar yoshlar onlayn 22 ta xorijiy tillarga doimiy o‘qitilmoqda. Ulardan 71 ming nafari aynan nemis tilini o‘rganmoqda.
Beshinchi, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ni mahalla, maktab, professional ta’lim, oliygohlarga qo‘shimcha ravishda joriy yildan boshlab korxona va tashkilotlar tizimida ham o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Birinchi bosqichda musobaqalarda ishtirok etish uchun 4,6 mln nafardan ortiq yoshlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Joriy yilning 10 mart kunidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, stol tennisi hamda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi “Yoshlar ovozi” tanlovlarining mahalla bosqichlariga start berildi.
Bundan tashqari, yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizni yanada ommalashtirish maqsadida 1 000 dan ortiq milliy hamda xalq og‘zaki ijodining yuksak namunalari bo‘lgan qo‘shiq va maqomlarlar “You Tube” platformasiga joylashtirilib, “Milliy karaoke” loyihasi ishga tushirildi. Bugungi kunda loyihaga 2,5 mln nafar yoshlar onlayn tarzda qamrab olindi.
Oltinchi, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida ma’rifatparvar jadid allomalarimiz va ularning ilmiy merosi haqida “Jadidlar” rukni ostida 184 ming nusxa hamda qomusiy olimlar, ma’rifatparvar allomalarning ilmiy va ma’naviy merosi haqida “Uyg‘onish” rukni ostida 140 ming nusxa kitoblar to‘plami chop etilib, ta’lim muassasalariga yetkazildi.
Joriy yilda buyuk sarkardalarimiz va ularning vatanparvarlik g‘oyalari haqida “Jasorat” rukni ostida hamda bolalar uchun milliy qadriyatlarimiz, Vatanga sadoqat va ota-bobolarimiz merosini asrab-avaylash hamda atrof-muhitga mehr tuyg‘ularini o‘zida aks ettirgan 500 ming nusxa maxsus kitobchalar chop ettirib, yosh kitobxonlarga havola etish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, kitobxonlikni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ommalashtirish maqsadida “Mutolaa” loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha doirasida audio formatda 208 ta, elektron formatda 221 ta kitoblar yaratildi hamda kitobxonlik sohasida yangi yo‘nalish sifatida “Qo‘rqma” asari kino-kitob shaklida taqdim etildi.
Yettinchi, Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi” binosida kechayu-kunduz faoliyat yuritadigan “Kreativ park”ning birinchi eksperimental maydoni foydalanishga topshirildi.
Xorijiy tillarni o‘rgatishga qaratilgan ‘‘Ibrat farzandlari’’ loyihasi yo‘lga qo‘yilib, 22 ta xorijiy tillar bo‘yicha 1 ming 800 dan ortiq videodarslik yaratildi va 2 mln nafar yoshlar qamrab olindi.
“Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarga 2 mln nafar yoshlar jalb qilinib, “Qarshi shahri – 2024 yilda intellektual hudud” deb, e’lon qilindi.
“Vikipediya” tarmog‘ida o‘zbek tilida yaratilgan maqolalar soni 300 mingtaga yetkazilib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyo bo‘yicha 45-o‘ringa ko‘tarildi.
Bundan tashqari, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqida kelgusi brifinglarda qo‘shimcha axborot beramiz.