Huquqni o‘rganish endi yanada oson va qulay!
2024-11-07 09:00:00 / Yangiliklar
"Huquq maktabi" mobil ilovasi ishga tushirildi.
Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu ilova yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqqa nisbatan qiziqish va hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ilova orqali yoshlarga huquqiy bilimlar sodda va tushunarli tarzda ma’lumot beriladi. Ilova orqali yuqori malakali pedagog va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin!
Shuningdek, ilovada turli soha vakillari, bola huquqlari, abituriyent uchun kurslar, yuridik atamalar va yuridik kutubxona kabi qiziqarli bo‘limlar yaratilishi rejalashtirilgan. Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir! Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.