Yoshlar press-klubi maxsus soni
2024-09-20 15:50:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ayniqsa, ular o‘rtasida giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, mazkur salbiy illat va uning oqibatlaridan keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlarni ogohlantirish, bunday salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Mamlakatimizda joriy yilning oxirgi oylarida yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlari oldingi yillarga nisbatan kamayib borayotgan bo‘lishiga qaramasdan, aynan, giyohvandlik, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlar ko‘payib borayotganligi, mazkur salbiy illatning tarqalishi yosharib borayotganligi jamoatchilik vakillari va har bir ota-ona uchun juda tashvishli holat bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2023 yilda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 5 519 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularda 6 264 nafar fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, shundan, 1 758 nafarini (28 foiz) yoshlar tashkil qilgan va bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘paygan (2022 yilda 1 486 nafar yosh sudlangan).
Mazkur muammolarni atroflicha muhokama qilish, bundan salbiy holatlarni bartaraf etish masalalari yuzasidan jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda mutaxassislarning fikr-mulohazalarini eshitish maqsadida joriy yilning 20 sentyabr kuni Yoshlar ishlari agentligida yoshlar press-klubining navbatdagi maxsus soni suratga olindi.
Yoshlar press-klubida yoshlar o‘rtasida turli giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishining sabab va omillari, giyohvand va psixotrop moddalarning aylanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonunchilikdagi islohotlar masalalari, yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvand va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi rejalar masalalari soha mutaxassislari, ko‘rsatuv spikerlari va ishtirokchilar tomonidan keng tahlil qilindi.
Ushbu ko‘rsatuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Abdulaziz Muminov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi Shuxratjon G‘ulomov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari komissiyasi raisi Muhammadjon Valiyev, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy-salomatlik markazi direktori Zarif Ashurov, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining sog‘liqni saqlash bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Milosh Stoyanovich, Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Zafar Abduxalikov kabi soha mutaxassislari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti, Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent davlat yuridik universitetining sohaga qiziqadigan talabalari, IIV akademiyasi tinglovchilari, faol yoshlar, ota-onalar ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv mavzu doirasida savol-javob va bahslarga boy bo‘ldi, bu yo‘nalishda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan kerakli javoblarni olishdi, mutaxassislar esa ushbu zararli illatga qarshi kurashish yuzasidan yoshlarning