“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
2024-08-14 08:00:00 / Yangiliklar
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida barcha hududlarda tashkil etilayotgan harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mirzaobod tumanidagi harbiy qismda viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida majmuaviy sport musobaqalarining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tashkil etilgan musobaqa otaliqqa olingan yoshlarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb qilish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish, intellektual salohiyatini oshirish, eng asosiysi, hayotda bilib-bilmay to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga ko‘maklashishdan iborat.
Unda yoshlar “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish”, “Zakovat”, “Kuch mashqi” hamda “Musiqiy batl” shartlari bo‘yicha do‘stona bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin —Sardoba tumani jamoasiga;
2-o‘rin —Sirdaryo tumani jamoasiga;
3-o‘rin — Xovos tumani jamoasiga nasib qildi.
G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etadi.